1914—1917-yillarda birinchi jahon urushi frontlaridagi jangovar harakatlar

1914-yildagi jangovar harakatlar

Germaniya qoʻmondonligi 4-avgust kuni Belgiyada asosiy hujumni boshladi.
Rejada mudofaani yorib oʻtish va Yevropaning hayotiy muhim sanoat rayonlarini egallab, bir hamla bilan urushni yakunlash nazarda tutilgan edi. Germaniya qurolli kuchlari bir necha hafta mobaynida jangsiz Belgiyani bosib oʻtdi va Fransiya hududiga kirib, Sena daryosi irmogʻi boʻlgan Marna sohillariga chiqdi. 1914-yilning 5–12-sentyabr kunlari Marna boʻyida fransuz va nemis qoʻshinlari oʻrtasida ogʻir janglar bo‘lib o‘tdi. Unda nemis qoʻshinlari magʻlubiyatga uchradi.

Sharqiy Prussiyada esa rus askarlari hujumga oʻtdi. Bu nemis qoʻshinlarining magʻlubiyatida hal qiluvchi rol oʻynadi. Rus armiyasining hujumi dastlab muvaffaqiyatli boshlandi. Ular Galitsiyani egallab, Sharqiy Prussiya hududiga bostirib kirishdi. Germaniya qoʻmondonligi rus qoʻshinlarining hujumini qaytarish uchun askarlarining bir qismini Marna boʻyidan Prussiyaga tashlashga majbur boʻldi. Rus qoʻshinlarining Sharqiy Prussiya operatsiyasi ogʻir magʻlubiyat bilan yakunlandi. Ammo Fransiya qutqarib qolindi.

1914-yil oktyabr oyida Turkiyaning urushga kirishi munosabati bilan Kavkazorti, Mesopotamiya, Suriya va Falastinning sharqiy chegarasida yangi frontlar vujudga keldi. Ammo turk armiyasi urushga tayyor boʻlmagani uchun Kavkazortida rus qoʻshinlari tomonidan bir qator ogʻir magʻlubiyatlarga uchradi. 1915-yil 23-mayda Italiya Antantaga qoʻshildi, oʻsha yil oktyabr oyida esa Bolgariya Germaniya-Avstriya ittifoqi tarafidan urushga kirdi.

1915-yilning turgʻun (pozitsion) urushi

Marna boʻyidagi janglarda magʻlubiyat alamini totgan ittifoqchi qoʻshinlar Germaniyaning sherigi Turkiyani urushdan chiqarish uchun dengizda bir qator operatsiyalar oʻtkazdi.

1915-yil fevral oyida ingliz-fransuz floti Turkiyaning Dardanel boʻgʻozidagi istehkomlarini bombalashga kirishdi. Ammo bu hujumlar ko‘zlangan natijani bermadi. Bu operatsiya davomida ingliz askarlaridan 200 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi va yaralandi. Natijada ana shu hamla tashabbuskori, Angliya harbiy flotining birinchi lordi Uinston Cherchill vazifasidan chetlashtirildi. Shundan keyin uning siyosiy faoliyatida 25 yil tanaffus bo‘ldi.

Shu bilan faol jangovar harakatlar toʻxtab qoldi. Butun yil mobaynida mantiqsiz turgʻun urush davom etdi. Tomonlardan hech biri vujudga kelgan vaziyatni buzishni istamas edi. Lekin diplomatlar faol ish olib bordi.

1915-yil 12-martda Angliya Rossiyani faollashtirish uchun unga Istanbulni berishga majbur boʻldi. Rossiya bundan tashqari Bosforning sharqiy sohillari, Janubiy Frakiya, Imbros va Tenedos orollarini ham olishi kerak edi. Rossiya bu joylarni urush tugaganidan keyin, Angliya va Fransiya Usmonli imperiyasining Osiyodagi yerlarini taqsimlash rejasini amalga oshirgan taqdirda olishi ko‘zda tutilgandi. Inglizlar Erondagi betaraf hududni ham oʻzlarining ta’sir doirasiga kiritishni talab qildi. Rossiya bu shartlarni qabul qildi. 10-aprel kuni bu shartnomaga Fransiya ham qoʻshildi.

Germaniya tomonidan boshqarilayotgan Uchlar ittifoqida ham urushdan keyin dunyoni qaytadan bo‘lish rejalari tuzilmoqda edi. Germaniya Fransiyaning bir qator shimoliy tumanlarini, Boltiqbo‘yi mamlakatlarini, Polshaning bir qismini oʻziga qoʻshib olish, Ukraina va Belorussiyani qoʻlga kiritish, Osiyo va Afrikadagi ba’zi mustamlakalarni bosib olishni maqsad qilgandi. Germaniya Fransiya zimmasiga katta soliq solishni mo‘ljallamoqda edi. Natijada Fransiya uni hech qachon to‘lolmas, Germaniyaning abadiy qarzdori boʻlib qolardi. Avstro-Vengriyaga butun Bolqon yarimoroli, Bolgariyaga esa Makedoniya va Serbiyaning bir qismi va’da qilingan edi.

1916-yil — xalqlarning buyuk qirgʻini yili

Dardanel bo‘g‘ozidagi operatsiyaning barbod boʻlishi Antanta ittifoqchilarini G‘arbiy frontdagi jangovarlikka undadi. Germaniya ham Fransiyaga qaytishga majbur hududida hal qiluvchi jangga kirishishni va uning qarshiligini sindirishni rejalashtirdi. Germaniya bosh shtabi Fransiyaga uning eng mustahkam mavqeyi — Verden qal’asi orqali hujum uyushtirishga ahd qildi. 1916-yilning 21-fevralida Germaniyaning 5-armiyasi ulkan harbiy operatsiyani boshladi. Hujumdan oldin fransuz istehkomlari to‘plardan shiddatli o‘qqa tutildi.

Krupp zavodlarida tayyorlangan va uning qizi Bertaning nomi bilan ʻʻKatta Bertaʼʼ deb atalgan o‘ta kuchli to‘plar bilan birga jami 850 ta og’ir to‘p ʻʻishga tushdiʼʼ.
Jangda Yevropaning eng qudratli ikki armiyasi yuzma-yuz keldi. Milliy g‘urur tuyg‘usi junbushga keldi. Fransuz qoʻmondonligi bir qadam ham chekinmaslikka buyruq berdi, askarlar soʻnggi nafasigacha jang qildi. Verden Fransiyaning va fransuz armiyasining ruhini koʻtardi. “Ular oʻtolmaydilar” — fransuz askarlarining bosh shiori edi.

Verden ostonalaridagi jang 1916-yil 21-dekabrgacha davom etdi va ikkala tomonga ham katta talafotlar keltirdi. Fransiya va Germaniya bu yerda 700 mingdan ortiq askar yoʻqotdi. 1916-yil — xalqlarning buyuk qirgʻini yili. Dardanel bo‘g‘ozidagi operatsiyaning barbod boʻlishi Antanta ittifoqchilarini G‘arbiy frontdagi jangovar harakat qildi. Germaniya ham Fransiyalarga qaytishga majbur hududida hal qiluvchi jangga kirishishni va uning qarshiligini sindirishni rejalashtirdi. Germaniya bosh shtabi Fransiyaga uning eng mustahkam mavqeyi — Verden qal’asi orqali hujum uyushtirishga ahd qildi. 1916-yilning 21-fevralida Germaniyaning 5-armiyasi ulkan harbiy operatsiyani boshladi.

Hujumdan oldin fransuz istehkomlari to‘plardan shiddatli o‘qqa tutildi. Krupp zavodlarida tayyorlangan va uning qizi Berta nomi bilan “Katta Berta” deb atalgan o‘ta kuchli to‘plar bilan birga jami 850 ta og’ir to‘p “ishga tushdi”. Jangda Yevropaning eng qudratli ikki armiyasi yuzma-yuz keldi. Milliy g‘urur tuyg‘usi junbushga keldi. Fransuz qo’mondonligi bir qadam ham chekinmaslikka buyruq berdi, askarlar so’nggi nafasigacha jang qildilar.

Verden Fransiyaning va fransuz armiyasining ruhini ko’tardi. “Ular oʻtolmaydilar” — fransuz askarlarining bosh shiori shu edi. Verden ostonalaridagi jang 1916-yil 21-dekabrgacha davom etdi va ikkala tomonga ham katta talafotlar keltirdi. Fransiya va Germaniya bu yerda 700 mingdan ortiq askar yoʻqotdi. Verden jangining yakunida Rossiya armiyasi katta rol o‘ynadi. Bu yerdagi janglarning hal qiluvchi bosqichida general A. Brusilov (1853–1926) qo‘mondonligidagi rus armiyasi Janubi-G‘arbiy frontda hujum boshladi va Germaniya va Avstriya qo‘shinlari himoyasini yorib o‘tdi.

Bu hujum Avstriya qoʻshinlari guruhini tor-mor qilish va 1,5 millionga yaqin askar va zobitni yo‘q qilish bilan yakunlandi. Shundan so‘ng Avstro-Vengriya amalda jangovar harakatlar qilolmay qoldi, Germaniya esa tezda bu frontga oʻzining asosiy zaxira kuchlarini tashlashga majbur bo‘ldi. Verden ostonalarida jang davom etayotgan bir paytda Antanta ittifoqchilari Somma daryosi boʻyida Verdendan 250 km va La-Manshdan 90 km uzoqlikda boʻlgan ingliz mudofaa sektorida hujum boshladilar.

Britaniya toʻplari deyarli yetti kun davomida german qoʻshinlarini o‘qqa tutdi.
1916-yil 1-iyulda Britaniya ko‘ngilli askarlari hujumga yuborildi. Ular 100 mingdan ortiq edi. Ammo ular yerga chuqur ko‘milgan nemis pulemyotlarining shiddatli o‘tiga duch keldi. Nemislar koʻp talafot koʻrdi, ammo inglizlar ham o‘lgan va yaralanganlar bilan jami 50 mingdan ortiq kishini yo‘qotdi. Bu mantiqsiz qonli qirg‘inda hech qaysi tomon muvaffaqiyatga erisholmadi.

Birinchi jahon urushi jangchilari


1916-yili Yevropada hammasi bo‘lib 2 milliondan ortiq kishi halok bo‘ldi, ammo urushda o‘zgarish bo‘lmadi. Germaniya va Avstro-Vengriyaning moddiy manbasi tugab borardi. Ingliz flotining ustunligi sababli dengiz orqali qilingan qamal nihoyatda samarali boʻldi. Qamal tufayli Germaniya oziq-ovqat va strategik xomashyolarda o‘zidagi zaxiralari bilan kifoyalanishga majbur bo‘ldi.
Bu esa surunkali urush olib borish uchun yetarli emasdi. Antantaga esa AQSH yordam berar va u o‘z mustamlakalari boyliklaridan erkin foydalanish imkoniyatiga ega edi. Rossiyadagi ahvol juda og‘ir edi. Uning xomashyosi va odam soni koʻp bo‘lsa-da, iqtisodiy qoloqlik sabab ulardan samarali foydalanolmasdi. Transport tizimining tamomila izdan chiqqani, harbiy-siyosiy va iqtisodiy tuzilmalarning eskirgan tizimi, harbiy idoradagi o‘gʻrilik holatlari va tartibsizliklar Rossiyani iqtisodiy va siyosiy inqiroz eshigiga olib keldi.


1917-yilda urushayotgan mamlakatlardagi siyosiy va iqtisodiy inqiroz

Urush choʻzilib borardi. 1916-yilda boshlangan xalqlar qirgʻini 1917-yilda ham davom etdi. Uning oxiri ko‘rinmasdi. Barcha urushayotgan mamlakatlarda siyosiy inqirozlar boshlandi. Urushni boshlagan rahbarlar va partiyalar obro‘-e’tiborini yoʻqotdi, hokimiyatga yangi rahbarlar keldi. Fransiyada urush mobaynida ikki marta bosh vazir almashdi, nihoyat hokimiyatga Jorj Klemanso (1841–1929) keldi.

Angliyada ham bosh vazir oʻzgardi. Askvit (1852–1928) o‘rniga Liberal partiyadan bosh vazir qilib saylangan David Lloyd Jorj (1863–1945) boshchiligidagi konservatorlar va liberallarning ittifoq hukumati keldi. Germaniya kansleri Betman Golveyg (1856–1921) ham 1917-yilda iste’foga chiqdi. Rossiyada 1917-yilning fevralida inqilob ro‘y berdi, natijada podshohlik tuzumi ag‘darib tashlandi. Tarix haqiqatni yana bir bor tasdiqladi: urushni boshlagan hukumatlarning umri boqiy boʻlmaydi. Birinchi jahon urushida bu yaqqol namoyon bo‘ldi.

Urushda 38 mamlakat ishtirok etdi. Harakatdagi armiyalarning askarlari soni 29 milliondan ortiq, umumiy safarbar qilinganlar miqdori esa 74 millionga yaqin edi. Janglarda 10 milliondan ortiq kishi halok bo‘ldi, 20 million kishi yaralandi. Harbiy harakatlar natijasida minglab shaharlar, zavod va fabrikalar vayron bo‘ldi, o‘n minglab kilometr temir yo‘l ishdan chiqdi. Oziq-ovqatlarga cheklashlar kiritildi, eng muhim ehtiyoj mollari uchun ma’lum me’yorlar belgilandi.

Shunday qilib, XX asr boshida dunyo jahon urushlari, ijtimoiy larzalar va inqiloblar davriga kirdi. Urush ijtimoiy ziddiyatlarni nihoyatda kuchaytirib yubordi. Urushga qarshi norozilik bildirayotgan, urushga sabab boʻlayotgan ijtimoiy-siyosiy tuzumni oʻzgartirishni, non, ijtimoiy adolat, demokratik islohotlar oʻtkazishni talab etayotgan xalqning gʻazabini qoʻzgʻadi.

Urush burjua parlamentarizmiga ham qattiq zarba berdi. Demokratik respublika katta biznesning ojiz va itoatkor ijrochisi sifatida namoyon bo‘ldi. ʻʻParlament demokratiyasiʼʼ degan tushunchadan ommaning hafsalasi pir boʻldi.
Butun urush davomida bironta ham parlament qonli qirg‘inga qarshi norozilik bildirmadi, urushayotgan davlatlar va ularning hukmron doiralari manfaatini himoya qildi.

Urush jarayonida Yevropa davlatlarining iqtisodiy tuzilishida davlat-monopoliya iqtisodiyoti degan yangi tushuncha paydo boʻldi. Bu davlat tomonidan iqtisodiyotning tartibga solinishi, banklar, xomashyo taqsimoti va harbiy buyurtmalar ustidan davlat nazorati o‘rnatilishini anglatar, ijtimoiy ishlab chiqarishni umumlashtirish tomon tashlangan olg‘a qadam edi.

Parlament demokratiyasiga ishonchning yoʻqolishi va davlat-monopoliya iqtisodiyotining rivojlanishi Yevropa siyosiy hayotida totalitar (ozodlikni cheklashga qaratilgan) gʻoyalaring keng tus olishiga yo‘l ochdi. Bunda gap hokimiyatning yangi tuzilmalarini yaratish, butun mamlakatni yagona hokimiyat, bir shaxs yoki partiya irodasi ostida birlashtirish va totalitar tuzumlarni qaror toptirish uchun iqtisodiy tayanch boʻladigan xo‘jalik shakllarini yaratish ustida ketmoqda.

Totalitarian (lotincha totalis — yalpi) jamiyatning o‘ta ekstremist unsurlari tomonidan joriy etildi. Urush dahshatlari ularni hokimiyatni qoʻlga olish va davlat hamda xalq ustidan cheklanmagan hukmronlik o‘rnatishning zo‘ravonlik usullarini qoʻllashga majbur qildi. Barcha totalitar tuzumlarga xos boʻlgan umumiy xususiyatlar mavjud edi.

  1. Boshqaruvning zo‘ravonlik usullari.
    Totalitar tuzum tarafdorlarining ta’kidlashicha, dohiyning cheklanmagan hokimiyati xalq ishonchiga tayanadi, go‘yo xalq bir kishiga yoki kishilar guruhiga davlatni boshqarish huquqini bergan. Demokratik muassasalar (saylovlar, parlament) ortiqcha deb hisoblanadi.
  2. Ishlab chiqarishda qattiq intizom va uyushqoqlikni joriy etish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ish haqini oshirish borasidagi har qanday talabga urinishni bostirish. Totalitar tuzum bunday usullar bilan xo‘jalik ravnaqida ma’lum muvaffaqiyatlarga erishar, ammo bu uzoq davom etmasdi.
  3. Muxolifatni yoki boshqacha fikrlaydiganlarni bostirishning zoʻravonlik metodlari, siyosiy yoki gʻoyaviy raqiblarni jismonan yo‘q qilish yoki cheklab qoʻyish. Totalitar tuzumda shaxs ezilar va о‘z qiyofasini yo‘qotar edi.


    Qisqacha mazmun

    Birinchi jahon urushida 1914–1917-yillarda ro‘y bergan asosiy voqealar va ularning natijalari:
  • 1914-yil 4-avgust — Belgiyaga asosiy hujum va uning egallanishi;
  • 5–12-sentyabr — Marna daryosi boʻyida fransuz va nemis qoʻshinlari oʻrtasidagi jang, nemis qoʻshinlarining magʻlubiyati;
  • 1915-yil — Birinchi jahon urushi frontlarida turgʻun urush jarayoni;
  • 1915-yil fevral — ingliz-fransuz floti tomonidan Dardanel boʻgʻozidagi turk istehkomlarining bombalanishi. Bu operatsiyaning barbod boʻlishi tufayli U.Cherchill iste’foga chiqarildi;
  • 1916-yil 21-fevral — Verden jangining (Fransiya hududi) boshlanishi.
    1916-yil 21-dekabrga qadar davom etdi. Har ikki tomondan 100 mingdan ortiq askar halok boʻldi. Fransiya armiyasi Verden qal’asini saqlab qoldi;
  • Ingliz va nemis qoʻshinlarining Somma daryosi boʻyidagi jangi (Verdendan 250 km).Tomonlardan hech kim muvaffaqiyat qozonolmadi;
  • 1916-yil — bir yillik urush mobaynida 2 milliondan ortiq kishi halok boʻldi;
  • 1917-yil — urushga 38 davlat jalb etildi. Frontlarda 29 milliondan ortiq askar jang qildi. Jami 74 million kishi safarbar qilindi, 10 milliondan ortiq kishi halok boʻldi, 20 milliondan ortiq kishi yaralandi;
  • Urushayotgan mamlakatlar moddiy manbalarining ozayishi. Ularda iqtisodiy va siyosiy inqirozning boshlanishi. Urush ijtimoiy ziddiyatlarni nihoyatda keskinlashtirib yubordi.

Метки:

Комментарии

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *